Reyting haqida

Sarix Go - Termiz Sariosiyo Taxi

O'zbekcha · Русский · English

Reyting - sizga qo'yilgan yulduzlarning o'rtachasi.

Kim baho beradi?

Safar tugagach yo'lovchining telefonida oyna chiqadi va u haydovchiga 1 dan 5 gacha yulduz qo'yadi.

Haydovchi ham xuddi shunday yo'lovchiga yulduz qo'yadi.

Reyting qanday chiqadi?

Barcha yulduzlarning o'rtachasi olinadi.

Masalan 5, 4, 5, 5 yulduz olingan bo'lsa - reyting 4.8 bo'ladi.

Yonida nechta baho olingani ham yoziladi: «4.8 · 12 baho». Chunki bitta odam 5 yulduz bergan haydovchi ham «5.0» bo'ladi - lekin 200 kishi baholagan «4.8» ga ko'proq ishonish mumkin.

Nega raqam o'rnida «—» turadi?

Hali hech kim baho bermagan. Birinchi baho kelishi bilan raqam paydo bo'ladi.

Biz o'ylab topilgan boshlang'ich raqam ko'rsatmaymiz - masalan hammaga «4.0» deb yozib qo'yish haqiqatga aloqasi yo'q.

Reyting zakas olishga ta'sir qiladimi?

Yo'q. Zakas barcha mos haydovchilarga bir vaqtda boradi. Kim birinchi qabul qilsa, zakas o'shanga tegadi - reyting baland bo'lsa ham, past bo'lsa ham.

Doimiy past reyting va shikoyatlar bo'lsa, administrator ko'rib chiqadi.

Baho berish shartmi?

Yo'q. «Keyinroq» tugmasini bosish kifoya - oyna yopiladi va bu hech kimning reytingiga ta'sir qilmaydi.

Bahoni keyin o'zgartirsa bo'ladimi?

Yo'q. Har bir safarga bitta baho beriladi va yuborilgandan keyin o'zgarmaydi.

Reyting qayerda ko'rinadi?

Haydovchi o'z reytingini ilovaning profil sahifasida va «Statistika» bo'limida ko'radi. Yo'lovchi esa haydovchining reytingini u haqidagi ma'lumotda ko'radi.

Savol bo'lsa

Telegram: @SarixGo_support_bot

Email: sarixgo.support@gmail.com